Isroil Bosh xavfsizlik xizmati rahbari muzokaralar uchun Misrga jo‘nab ketdi

Isroil Bosh xavfsizlik xizmati rahbari muzokaralar uchun Misrga jo‘nab ketdi

8 iyul kuni Bosh xavfsizlik xizmati rahbari Ronen Bar garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha potensial kelishuv va G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun Misrga jo‘nab ketdi.

Walla yangiliklar portali xabariga ko‘ra, Bar Misr poytaxtida potensial sulh bitimi, shuningdek, Rafah o‘tish joyini kelajakda nazorat qilish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadi.

10 iyul kuni Bar Qatarga uchib, u yerda mamlakatning yuqori martabali amaldorlari bilan amaliy uchrashuvlar o‘tkazadi.

Mossad rahbari Dvid Barns o‘tgan hafta Qatarda bo‘lgan va potensial kelishuv bo‘yicha muzokaralar qayta boshlangani sababli bu hafta qaytishni rejalashtirgan.

Isroil Bosh Vazirlik idorasi, tomonlar o‘rtasida «hamon kelishmovchiliklar» mavjudligini ta’kidlab, «Isroillik bir guruh kelasi hafta muzokaralarni davom ettirish uchun jo‘nab ketadi» deb ishora qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!