Toshkentda isitish tarmoqlari gidravlik sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkentda isitish tarmoqlari gidravlik sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarini gidravlik sinovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi Veolia Energy.

20 iyundan 2 avgustgacha Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari (mexanik kuch va zichlik uchun yuqori bosim ostida issiqlik tarmoqlarining sinovlari) o‘tkaziladi. Sinov ishlari issiq suv ta’minotini o‘chirmasdan amalga oshiriladi.

Sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi, issiq suv yo‘llar va yo‘laklarga chiqishi mumkin. Haydovchilar, piyodalar hamda ma’muriy va turar joy binolaridagi fuqarolardan e’tiborli va ehtiyot bo‘lish so‘ralgan.

Nosozliklar aniqlangan taqdirda (78) 129-01-85 telefon raqami orqali ma’lum qilish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!