Toshkentda 200 taga yaqin “103” mashinalari yangilangan

Toshkentda 200 taga yaqin “103” mashinalari yangilangan

Toshkent shahrida tibbiy muassasalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, asbob-uskunalar bilan jihozlash, dori vositalari ta’minoti uchun 2016 yilda 284,6 mln. So‘m ajratilgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 1,46 mlrd. so‘mga yetgan. Ya’ni bu davr oralig‘ida ajratilgan mablag‘lar besh barobar ortgan.

Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qirq sakkizinchi sessiyasida aytib o‘tildi.

Natijada aholining kasallanishi ko‘rsatkichlarida ijobiy natijalar kuzatilgan. Jumladan, sil kasalligi (100 ming aholiga nisbatan) 42 dan 35 ga, xavfli o‘sma kasalliklari 441 dan 240 ga, endokrin kasalliklari 4486 dan 1085 ga, ruhiy kasalliklar 187 dan 61 ga, tug‘ma anomaliyalar (xromosom kasalliklari) 76 dan 38 ga kamaygan.

Shu bilan birga oxirgi to‘rt yilda 180 ta eski tez tibbiy yordam xizmati mashinalari to‘liq yangilanib, ularning soni 203 taga yetkazilgani qayd etildi.

“Tez tibbiy yordamning kechikishi 10-12 foizdan 1-2 foizgacha kamaydi. Chaqiriqlarga yetib borish vaqti o‘rtacha 25-30 daqiqadan 10-15 daqiqaga tushdi. Order berish tartibi bekor qilinib, navbat asosida davolanish tizimi joriy etildi”, – deb ma’lumot berildi Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!