"Toshkent — Chirchiq — Xojikent" yo‘nalishi bo‘yicha yangi tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

"Toshkent — Chirchiq — Xojikent" yo‘nalishi bo‘yicha yangi tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Bugun, 24 sentyabr kunidan boshlab yo‘lga sarflanadigan vaqtni 1 soatga qisqartirish maqsadida "Toshkent — Chirchiq — Xojikent" tezyurar shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi joriy etildi.

Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabbar qildi.

Qayd etilishicha, bir kun avval shu maqsadlarda yangi temir yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi nihoyasiga yetkazildi, uchastkadagi temir yo‘l izlari ta’mirlandi, temir-beton tayanchlar yangilandi.

Elektropoyezd haftaning har shanba va yakshanba kunlari harakatlanadi. Jadval ishlab chiqish natijasida "Toshkent — Chirchiq" oralig‘idagi elektropoyezdning harakatlanish vaqti 45 daqiqaga, "Chirchiq — Xojikent" oralig‘ida 15 daqiqaga qisqardi va yo‘lga sarflanadigan umumiy vaqt 1 soat 40 daqiqani tashkil etdi.

Poyezdlar Toshkent janubiy vokzalidan va Xojikent bekatidan quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

6429-sonli Toshkent 07:10 — Xojikent 08:53
6430-sonli Xojikent 09:18 — Toshkent 11:00
6435-sonli Toshkent 13:38 — Xojikent 15:19
6436-sonli Xojikent 15:44 — Toshkent 17:26


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!