Top-10: Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari

Top-10: Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Forbes jurnali talqiniga ko‘ra, dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari reytingini boshqarib turibdi.

Argentinalik hujumchi 126 mln dollar bilan yetakchilik qilmoqda. Bundan 92 milloni – uning klubdagi maoshi, 34 million esa reklama daromadlaridir.

Ikkinchi o‘rinni «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu egalladi. U 117 mln dollar ishlab topdi: 70 mln – oylik, 47 mln – reklama.

«PSJ» hujumchilari Neymar va Kilian Mbappe keyingi pog‘onalarni egallab turishibdi.

Dunyoning eng ko‘p maosh oladigan 10 o‘yinchisi:

1. Lionel Messi («Barselona») – 126 mln dollar;

2. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») – 117 mln;

3. Neymar («PSJ») – 96 mln;

4. Kilian Mbappe («PSJ») – 42 mln;

5. Muhammad Saloh («Liverpul») – 37 mln;

6. Pol Pogba («MYu») – 34 mln;

7. Antuan Grizmann («Barselona») – 33 mln;

8. Garet Beyl («Real») – 29 mln;

9. Robert Levandovski («Bavariya») – 28 mln;

10. David De Xea («MYu») – 27 mln.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!