Norvegiya Nobel qo‘mitasi 2026 yilgi Tinchlik mukofoti uchun 287 ta nomzod (208 kishi va 79 tashkilot) ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
Qo‘mita kotibi Kristian Berg Xarpvikenning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti katta ehtimol bilan nomzodlar qatorida bo‘ladi, chunki Isroil, Pokiston va Kambodja rahbarlari uni ushbu mukofotga ko‘rsatishlarini avvalroq e’lon qilishgan edi. Garchi rasmiy nomzodlar ismi 50 yil davomida sir saqlansa-da, ko‘plab siyosatchilar o‘z tanlovlarini ochiq bayon qilishmoqda.
Shuningdek, Arktika mintaqasida xavfsizlikni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari uchun AQSh senatori Liza Murkovski va Grenlandiya vakili Aaya Xemnis nomzodlari ham ilgari surilgan. Taxminlar orasida Yuliya Navalnaya, Rim papasi va Sudandagi ko‘ngillilar guruhlari nomlari ham keltirilmoqda. Shu bilan birga, qo‘mita Eron qamoqxonasida sog‘lig‘i og‘irlashgan 2023 yilgi laureat Nargiz Muhammadiyning taqdiridan chuqur xavotirda ekanini bildirdi. Mukofot g‘olibi joriy yilning 9 oktyabr kuni e’lon qilinadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.
Қирғизистон Миллий хавфсизлик давлат қўмитасининг собиқ раиси Қамчибек Ташиев давлат тўнтаришига уриниш бўйича жиноий ишда фигурантга айланганини билдирди.
АҚШ Президенти Дональд Трамп Россия етакчиси Владимир Путин билан бўлиб ўтган суҳбат якунларига кўра, Украина ҳарбий жиҳатдан мағлубиятга учраганини маълум қилди.
Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.