Endilikda ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklari va zinapoyalari haftada 1 marta tozalanishi kerak
Adliya vazirligi Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 3824, 29.04.2026 y.)ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
📝 Unga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylar uchun boshqarish organlari tomonidan umumiy texnik pasport yuritiladi.
✅ Boshqarish organlari yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar, kuzatuv kameralari va domofonlar soz holatda saqlanishi, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, inventar va xo‘jalik anjomlarini sotib olish ishlarini amalga oshirishadi.
📑 Ko‘p kvartirali uyning fasad qismlarida va umumiy foydalanish hududlarida mulkdorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan me’morchilik detallari, reklamalar, afishalar, va e’lonlarni o‘rnatish mumkin.
❗️ Uylarda shovqin darajasi belgilangan sanitariya me’yorlaridan oshmasligi shart.
🚿 Uylar (zinapoyalar, liftlar, chiqindi kamerasi, chiqindilarni to‘plash moslamalari yerto‘lalari va boshqalar), tutash hududlar zaruratga ko‘ra, boshqarish organi tomonidan deratizasiyalanishi, dezinseksiya va dezinfeksiyalanadi.
⏳ Uylarning yerto‘la qismidagi quvurlarda avariya holati yuzaga kelishi natijasida suv yoki oqova suv to‘planib qolsa boshqarish organi 24 soat mobaynida yerto‘ladagi suv va oqova massalarini chiqarib yuborishi lozim.
🔎 Haftada 1 marta ko‘p kvartirali uylarning lift xonalarini tozalanadi hamda lift uskunalari doimiy texnik monitoring qilinadi.
