Evropa Ittifoqi Ukrainaga a’zolik «sovg‘a» emasligini eslatib qo‘ydi
Kiprda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi sammitida Ukraina delegasiyasi «achchiq haqiqat»ni eshitdi — Ittifoqqa tezkorlik bilan a’zo bo‘lishning imkoni yo‘q, Kiyevning talablari esa yevropalik hamkorlarning g‘ashini keltirmoqda.
Financial Times nashrining yozishicha, Bryussel va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar aynan integrasiya jarayonini tezlashtirishga bo‘lgan urinishlar tufayli sezilarli darajada yomonlashgan.
Ukrainaning ta’kidlashicha, Yevropaga Ukraina qanchalik zarur bo‘lsa, Ukrainaga ham Yevropa shunchalik kerak va mamlakat to‘laqonli a’zolikdan boshqa muqobil variantlarni muhokama qilishdan bosh tortmoqda.
Biroq Bryussel shuni eslatib o‘tmoqdaki, Ittifoqqa kirish — bu siyosiy sovg‘a emas, balki qoidalar asosida ishlash demakdir. «A’zolik — bu sovg‘a emas. Ehtimol, Kiyevda bu borada qandaydir tushunmovchilik yuzaga kelgandir», — dedi yevropalik amaldorlardan biri.
Evropa Ittifoqi hisob-kitoblariga ko‘ra, a’zolik uchun real muddat — kamida o‘n yil. Shu bilan birga, Ukraina zarur islohotlarni, ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurash va sud tizimiga oid jarayonlarni sekinlashtirib qo‘ygan.
Hozirgi vaqtda, ayniqsa AQSh tomonidan yordam kamaygan bir sharoitda, Yevropa Kiyevning asosiy ittifoqchisi bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, nashr suhbatdoshlaridan biri Ukrainaga muomala ohangini pasaytirishni maslahat berdi.
