Bu haqda uning advokati Ikromiddin Aytqulov Kaktus.Media nashriga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisiga hech qayoqqa ketmaslik to‘g‘risida tilxat ehtiyot chorasi tanlangan, bu unga mamlakatni tark etish taqiqlanganini bildiradi. Ishni Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi tergov qilmoqda.
Advokat Tashiyev o‘ziga qo‘yilgan ayblovni tan olmaganini ma’lum qildi. Qirg‘iziston IIV hozircha bu haqda rasman xabar bermadi.
29 aprel kuni Tashiyev vazirlikning bosh tergov boshqarmasiga ikki marta so‘roq uchun chaqirilgani xabar qilingandi (https://t.me/burchakostida/74842). Tundagi ikkinchi so‘roqdan keyin unga nisbatan ayblov e’lon qilingani haqidagi ma’lumot tasdiqlandi.
Tashiyev o‘zining aybsizligini va sud adolatli qaror qabul qilishiga ishonishini aytmoqda. U o‘z tarafdorlarini qonun doirasida harakat qilishga va namoyishlar uyushtirmaslikka chaqirgan (https://t.me/burchakostida/74856).
10 fevral kuni Tashiyev lavozimidan ozod etilgandi. Prezident Sadir Japarov bu qarorini jamiyatdagi bo‘linishning oldini olish istagi bilan izohlagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Уларнинг таъкидлашича, янги турдаги қуроллар, айниқса, учувчисиз учиш аппаратлари оммавий қўлланилаётган шароитда ҳам Т-72 ўзининг жанговар самарадорлигини сақлаб қолмоқда.
Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.
Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.
2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.