Endi uy hayvonlarini zinapoyalar va balkonlarda saqlash taqiqlanadi
🚫 Qoidalarga ko‘ra (https://t.me/huquqiyaxborot/19782), ko‘p kvartirali uylarda quyidagilar taqiqlanadi:
🔹 yong‘in xavfini keltirib chiqaruvchi uskunalarni balkonlar va lodjiyalarga o‘rnatish;
🔹 balkonlarda og‘ir buyumlarni saqlash;
🔹 balkonlar va lodjiyalarning fasad (tashqi) qismlarida kir, kiyim-kechak, gilam va boshqalarni osib qo‘yish (ichki qismi bundan mustasno);
🔹 uy hayvonlarini umumiy foydalanishdagi joylarda, zinapoyalarda, cherdaklarda, yerto‘lalarda, shuningdek umumiy foydalanishdagi oshxonalarda, balkonlarda va lodjiyalarda saqlash;
🔹 kirish yo‘laklarining zinapoya maydonlarida va zinapoyalarning ostida yonuvchi materiallarni saqlash;
🔹 umumiy issiqlik parametrlariga ta’sir ko‘rsatuvchi qayta rejalashtirish (rekonstruksiya) ishlarini amalga oshirish, qo‘shimcha isitish yuzalariga (isitilmaydigan yuzalar) issiqlik uskunalarini o‘rnatish, shuningdek, umumiy mulk tarkibiga kiruvchi issiqlik tizimlariga o‘zgartirish kiritish.
⚠️ Shuningdek, avtotransport vositalarini ko‘p kvartirali uylar va unga tutash yer uchastkalaridagi gazonlar usti, xiyobonlar, bolalar maydonchalari, trotuarlarga, kirish yo‘laklari qarshisiga qo‘yish taqiqlanadi.
