Namanganda 24 maydan "Gullar festivali" boshlanadi
Joriy yil 24 maydan 12 iyulga qadar Namangan shahrida "65-Xalqaro gullar festivali" bo‘lib o‘tadi.
Unda shahar 100 milliondan ortiq gullar bilan bezatiladi va festival dasturidan – har kuni qizg‘in tadbirlar, jahon va milliy estrada yulduzlari ishtirokida konsertlar hamda Fashion Week 2025 – yirik modalar haftaligi joy olgan.
Festival dasturidan har kuni qizg‘in tadbirlar o‘rin olgan. Jumladan:
- 100 milliondan ortiq gullar bilan bezatilgan shahar
- Jahon va milliy estrada yulduzlari ishtirokida konsertlar
- Fashion Week 2025 – yirik modalar haftaligi
- Xalqaro va mahalliy sport musobaqalari
- Ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar
- Kattalar va bolalar uchun spektakllar va sirk tomoshalari
- Xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmalari
- Kulgu kechalari
- “Dunyo taomlari Namanganda” – gastronomik turizm tadbirlari
- "Lavanda sayli" va dron-shoular shular jumlasidan.
