“Manchester Siti”ning angliyalik himoyachisi Niko O’Rayli muxlislar ovoziga ko‘ra, aprel oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Akademiya tarbiyalanuvchisi ushbu oyning eng yaxshisi bo‘lish uchun kurashda o‘zbekistonlik Abduqodir Husanov va portugaliyalik Bernardu Silvani ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. 21 yoshli futbolchi so‘nggi uch oy ichida ikkinchi bor ushbu sovringa loyiq ko‘rilmoqda – u fevral oyida ham oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etilgan edi.
“Bu e’tirof Angliya terma jamoasi a’zosi uchun o‘tayotgan ajoyib mavsumning mantiqiy davomidir. O’Rayli aprel oyi davomida o‘zining texnik mahorati, yuqori energiyasi va taktik moslashuvchanligi bilan Pep Gvardiola jamoasiga Premyer Liga hamda Angliya Kubogi doirasidagi barcha beshta o‘yinda g‘alaba qozonishda yordam berdi” deyiladi klub xabarida.
Niko, shuningdek, o‘zining gol urish qobiliyatini namoyish etdi: u “Chelsi”ga qarshi safarda kechgan muhim bahsda (3:0) hisob ochuvchi golga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov 2025 yil fevral, 2026 yil yanvar va mart oylarida “Manchester Siti”da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. O‘shanda u Yoshko Gvardiol, Erling Holand, Bernardu Silva, Janluiji Donnarumma, Rodri va Jeremi Dokuni ortda qoldirgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Уларнинг таъкидлашича, янги турдаги қуроллар, айниқса, учувчисиз учиш аппаратлари оммавий қўлланилаётган шароитда ҳам Т-72 ўзининг жанговар самарадорлигини сақлаб қолмоқда.
Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.
Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.
2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.