Tiago Messi dadasining eng chiroyli goli haqida gapirdi

Tiago Messi dadasining eng chiroyli goli haqida gapirdi

Lionel Messining o‘g‘li otasining qaysi goli unga yoqishini aytdi.

«Otamning eng chiroyli goli — Chempionlar Ligasi finalida «Manchester Yunayted» darvozasiga boshi bilan kiritgan to‘pi», — dedi Tiago Messi jurnalist Xose Ramon de la Morenaga bergan intervyusida.

«Barselona»da o‘ynagan Argentina milliy jamoasi hujumchisi 2009 yili mankunianliklarga qarshi YECHL finalida 70-daqiqada gol urgan. Kataloniyaliklar 2:0 hisobida zafar quchib, chempion bo‘lishgan.

Tiago Messi dadasining eng chiroyli goli haqida gapirdi

Shuningdek, 11 yoshli Tiago kelajakda qaysi futbolchi bilan birga o‘ynamoqchiligini aytdi.

«O‘zim futbol o‘ynaganimda dadamning o‘yinini tomosha qilganimdan ko‘ra ko‘proq asabiylashaman. Men chap oyog‘im bilan unchalik yaxshi o‘ynamayman.

Argentina milliy jamoasida o‘ynashni xohlayman. Va bir kun kelib, Lamin Yamal bilan bir klubda to‘p tepishni ham istayman», — deydi Messining o‘g‘li.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!