The New York Times: XX asrning eng yaxshi 100 ta kitobini aniqladi

The New York Times: XX asrning eng yaxshi 100 ta kitobini aniqladi

Dunyoda eng mashhur nashrlardan bo‘lgan "The New York Times" 503 nafar roman mualliflari, hujjatli proza mualliflari, shoirlar, munaqqidlar hamda boshqa kitobsevarlarning ovoz berish natijasida "Eng yaxshi 100 ta kitob" ro‘yxatini taqdim etdi.

Ko‘pchiligimiz kechagi kunga nazar tashlab, kitobxonlik hayotimiz haqida xulosa chiqarishdan zavqlanamiz. Shunday ekan, biz "The New York Times Book Review " jurnalida asrimizning birinchi 25 yilligini ulkan loyiha bilan nishonlashga qaror qildik, ya’ni davrimizning eng muhim, ta’sirli kitoblari.ni aniqlash bilan qarorimiz uchun birinchi qadamni qo‘ydik. “Upshot” bilan hamkorlikda biz yuzlab adabiyot namoyandalariga so‘rovnoma yuborib, ulardan 2000 yilning
1yanvaridan beri chop etilgan eng yaxshi 10 ta kitob nomini aytishni so‘radik.

Umid qilamizki, siz ushbu ro‘yxatda o‘qishni istagan kitobingizni topa olasiz yoki qayta mutolaa qilmoqchi bo‘lgan sevimli kitobingizni uchratasiz. Eng muhimi, bu yerda taqdim etilgan mavzular, ovozlar, fikrlar, taasurot va tasavvurlarning kengligi sizni biz kabi ilhomlantiradi va hayratda qoldiradi, deydi tahririyat izohlarda.



📌Ro‘yxatning Top-10'taligi:

✅Elena Ferrante – “Mening ajoyib do‘stim”;
✅Izabel Uilkerson – “Boshqa quyoshlarning issiqligi”;
✅ Hilari Mantel – "Bo‘rilar zali";
✅ Edvard P. Jons– "Ma’lum dunyo";
✅Jonatan Franzen – "Tuzatishlar";
✅ Roberto Bolanyo – "2666";
✅Kolson Uaytxed – "Erosti temir yo‘li";
✅Vinfrid Georg Zebald – "Austerlis";
✅Kadzuo Isiguro– "Meni qo‘yib yubormang";
✅Merilin Robinson– "Gilead".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!