Qo‘shma Shtatlar Ukrainani kelayotgan qishga tayyorlashga qaror qildi

Qo‘shma Shtatlar Ukrainani kelayotgan qishga tayyorlashga qaror qildi

Qo‘shma Shtatlar va ittifoqchilar Ukraina energetika tizimini kelgusidagi og‘ir qishga tayyorlamoqchi . Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken « Yettilik» davlatlari vazirlar yig‘ilishi ochilishida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi, deb yozadi «RIA Novosti» .

«Kelgusi qish qiyin bo‘lishini bilamiz. Shu bois mamlakatlarimiz Ukrainaga yaqinlashib kelayotgan qish mavsumini yengish uchun zarur bo‘lgan hamma narsani berish uchun har kuni hamkorlik qilmoqda», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington va uning hamkorlari bu ehtiyojlar uchun katta mablag‘ sarflagan — taxminan 4 milliard dollar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!