Prezident Asad Suriya hukumatini yangiladi va yangi tashqi ishlar vazirini tayinladi

Prezident Asad Suriya hukumatini yangiladi va yangi tashqi ishlar vazirini tayinladi

«Prezident Bashar al-Assad Muhammad G‘ozi al-Jaloliy boshchiligida yangi hukumat tuzish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi», — deyiladi Suriya prezidenti devonida.
Muhammad G‘ozi al-Jaloliy avval Aloqa va texnologiyalar vazirligini boshqargan, yana bir qancha muhim vazirliklar ham o‘zgargan. Xususan, Faysal Mikdod o‘rniga uning o‘rinbosari Bassam Sabbag tashqi ishlar vaziri bo‘ldi.

Bungacha Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriya yetakchisi Bashar al-Assad bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!