Tayvan Xitoy armiyasining 27 ta samolyoti yaqinlashayotganini aniqladi

Tayvan Xitoy armiyasining 27 ta samolyoti yaqinlashayotganini aniqladi

Tayvan qurolli kuchlari Xitoy xalq ozodlik armiyasining 27 ta samolyoti orolga yaqinlashayotganini qayd etdi.

Bu haqda orol mudofaa departamenti ma’lum qildi.

Bayonotda ta’kidlanganidek, 23 avgust kuni erta tongda orolga yaqinlashib kelayotgan 27 ta samolyot, jumladan J-16 qiruvchi samolyotlari, KJ-500 erta ogohlantiruvchi samolyotlar va uchuvchisiz uchish apparatlari qayd etilgan.

Taxminlarga ko‘ra, 23 ta samolyot Tayvan bo‘g‘ozining o‘rta chizig‘ini kesib o‘tib, Xitoy kemalari bilan birgalikda jangovar patrul o‘tkazish uchun orolning shimoliy, markaziy, janubi-g‘arbiy va sharqiy qismlaridagi havo mudofaasini aniqlash zonasiga kirgan.

Juma kuni ertalab Tayvan mudofaa departamenti 24 soat ichida 41 ta samolyot va 7 ta Xitoy kemasining orolga yaqinlashgani qayd etilgani haqida xabar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!