Tata Steel Chess 2024. Nodirbek Abdusattorov 9-turda juda tez g‘alabaga erishdi

Tata Steel Chess 2024. Nodirbek Abdusattorov 9-turda juda tez g‘alabaga erishdi

Niderlandiyaning Veyk an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha Tata Steel Chess 2024 turnirida kecha 9-tur bahslari o‘tkazildi.

Turnirning Masters guruhida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 9-turda niderlendiyalik Yorden Van Forrestga qarshi oq donalarda o‘ynadi.

Mezbon sportchisi 24-yurishga kelib taslim bo‘ldi. Boisi, kompyuter bahosi bo‘yicha o‘zbekistonlik shaxmatchi juda katta ustunlikka ega bo‘lgandi.

Ushbu g‘alaba tufayli Abdusattorovning ochkolari 5,5 taga yetdi va yana peshqadamga aylandi. 8-turdan keyin peshqadam bo‘lib turgan Anish Giri bugun xitoylik Ding Lireng bilan durangga imzo chekdi va ochkolarini 5,5ga yetkazdi. Qo‘shimcha ko‘rsatkich bo‘yicha Nodirbek oldinda turibdi.

Tata Steel Chess-2023 musobaqasining 10-turida Nodirbek bugun niderlendiyalik Maks Varmerdamga qarshi qora donalarda o‘ynaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!