Shaharda ob-havo xavfining "to‘q sariq" darajasi e’lon qilindi.
Gidrometeorologiya markazi Moskva va viloyatda qor hamda shiddatli shamol (tezligi soniyasiga 18–23 metrgacha yetishi mumkin bo‘lgan) sutka oxirigacha to‘xtamasligidan ogohlantirdi.
Moskvaning turli tumanlarida shamol va qor tufayli daraxtlar qulagan. Metroning Arbat-Pokrovka yo‘nalishida daraxt yo‘llar ustiga qulab tushdi, shu sababli "Partizanskaya" va "Shelkovskaya" stansiyalari oralig‘idagi uchastkada poyezdlar harakati to‘xtab qoldi.
Moskva viloyatining Dubna va Domodedovo shaharlarida qor yog‘ishi va daraxtlar qulashi oqibatida elektr ta’minoti qisman uzildi.
"Baza" Telegram-kanalining ma’lumotlariga ko‘ra, tun davomida 50 dan ortiq samolyot qor yog‘ishi sababli Vnukovo aeroportidan vaqtida uchib keta olmagan. Keyinroq aeroport matbuot xizmati "noqulay meteorologik sharoitlar munosabati bilan" reyslarning bir qismi qoldirilganini ma’lum qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.