Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi uchta teatrni ko‘zdan kechirdi
Prezident administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi teatrlar faoliyati bilan tanishdi.
“Toshkent teatrlarida hayot har doim qizg‘in qaynagan. Ammo, shu bilan birga, aksariyat poytaxt teatrlarining moddiy-texnik bazasi davlat ko‘magiga o‘ta muhtoj.
Poytaxtdagi uchta teatrni ko‘zdan kechirdik. Muqimiy nomidagi akademik teatr, Yoshlar teatri hamda “Arena” yotoqxonasi binolari anchadan buyon jiddiy ta’mirtalab holatda.
Biz hamma sharoitni yaratsakkina, repertuarlar yangilanib turadi, tomoshabin ko‘nglidan joy oladigan, dolzarb mavzulardagi spektakllar sahnalashtiriladi”, – deya yozdi Mirziyoyeva Telegram-kanalida.
Uning qayd etishicha, nodir qo‘lyozmalarni raqamlashtirib, kitobxonlarga taqdim etayotgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Moliyalashtirish masalalarini hal qilish uchun mas’ul shaxslar tayinlangan. Vaziyatni shaxsan o‘zim nazoratga oldim”, – dedi Administrasiya rahbari.





