Tanzila Narbayeva “Parlament hamkorligini mustahkamlash uchun” medali bilan taqdirlandi

Tanzila Narbayeva “Parlament hamkorligini mustahkamlash uchun” medali bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva “Parlament hamkorligini mustahkamlash uchun” medali bilan taqdirlandi.
“Tanzila Narbayeva MDH ishtirokchi davlatlarida model va milliy qonunchilik, parlamentarizmni rivojlantirish, demokratiya va konstitusiyaviy tuzumni mustahkamlash, fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlashga qo‘shgan alohida hissasi uchun MDH PAning “Parlament hamkorligini mustahkamlash uchun” medali bilan taqdirlandi”,- deyilgan xabarda.
Medalni Rossiya Federal Kengashi raisi Valentina Matviyenko tantanali ravishda topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, MDH Parlament Assambleyasining Kengashi 2021 yil 25 noyabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tdi. Konferensiya mavzusi “Sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan umumiy qamrov va barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!