Kiyevda Fransiya, Buyuk Britaniya va Ukraina vakillari harbiy kontingent joylashtirish masalasida uchrashuvlar o‘tkazdi — Vladimir Zelenskiy

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra ko‘ra, uchrashuvlarda quruqlikda, havoda va dengizda harbiy ishtirok hamda havo hujumidan mudofaa masalalari muhokama qilingan.
Vladimir Zelenskiyning boshqa bayonotlari:
◾️ Bizda Vashington o‘t ochishni to‘xtatish choralariga yaqinlashgani haqida ma’lumot bor;
◾️ O‘ylaymanki, AQSh tez orada urushni yakunlashni istamayotgan rossiyaliklarga nisbatan sanksion bosimni kuchaytiradi;
◾️ Muzokaralarni boshlashimiz uchun ruslar qotilliklarni to‘xtatishi kerak;
◾️ Qo‘shma Shtatlar bilan foydali qazilmalar bo‘yicha muzokaralarda Ukraina nomidan yuridik kompaniya vakillik qiladi. Hozirda uchta kompaniya nomzod sifatida ko‘rib chiqilmoqda, biroq ulardan biri tanlanadi;
◾️ Kelasi hafta AQSh bilan foydali qazilmalar bo‘yicha bitimning Ukraina tomoni taklif qilgan tuzatishlari kelishiladi. Shundan so‘ng Qo‘shma Shtatlarga muloqot uchun texnik delegasiya jo‘natiladi. Hozircha AQShga shaxsan o‘zim borishni rejalashtirmayapman;
◾️ Fransuz harbiylari Ukrainaga birinchilar qatorida yetib keladi. Ularning qachon kelishi va qancha sonda bo‘lishini ayta olmayman, bu borada kelishuvlarimiz bor;
◾️ Putinning maxsus vakili Kirill Dmitriyev AQSh va Yevropaga safarlari chog‘ida Rossiyaning muzlatilgan 300 milliard dollarlik aktivlariga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash masalasida kelishishga uringan.