AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina nodir yer resurslariga Kiyev uchun haqoratli shartlar asosida kirish harakatlariga va Rossiyaning Tramp bilan savdolashishda o‘z zaxiralaridan foydalanishga intilishi fonida sensasion hodisa yuz berdi. O‘zbekistonning Samarqand shahridagi "Evropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" birinchi sammiti arafasida Qozog‘iston hukumati mamlakatda nodir yer metallarining yirik koni topilganini e’lon qildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qozog‘istonlik geologlar 2022-2024 yillarda Qorag‘anda viloyatida olib borilgan geologik-qidiruv ishlari natijasida 20 million tonna nodir yer rudalarining taxminiy zaxiralariga ega konni aniqlagan. Rudadagi nodir yer elementlarining konsentrasiyasi bir tonnaga 700 gramm deb baholanmoqda, bu yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
"Qozog‘istonda bunday turdagi nodir yer ma’danlashuvining o‘xshashi yo‘q, bu esa uni yangi sanoat turiga kiritish imkonini beradi. Aniqlangan konlar va istiqbolli hududlar kelajakda tasdiqlanishi bilan Qozog‘iston nodir yer elementlari zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallashi mumkin. Bu esa nodir yer metallarining yuqori texnologiyali tarmog‘ini jadal rivojlantirishga yo‘l ochadi," - deyiladi mamlakat hukumati bayonotida.
Agar bu kashfiyot tasdiqlansa, Qozog‘iston Xitoy va Braziliyadan keyin nodir yer metallari zaxiralari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egallaydi. Yangi topilgan konda neodim, seriy, lantan va ittriy mavjud bo‘lib, ular tibbiy asbob-uskunalar va avtomobil akkumulyatorlaridan tortib, katalitik neytralizatorlar, lazerlar va optikagacha bo‘lgan keng ko‘lamli yuqori texnologiyali qurilmalarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Ko‘rinib turibdiki, bayonot Yevropa Ittifoqining konlarni o‘zlashtirishga qiziqishini oshirish maqsadida sammitga bag‘ishlangan. "Rudani boyitish va qimmatbaho komponentlarni ajratib olish texnologiyalarining muvaffaqiyatli rivojlanishi mintaqaning investitsiyaviy jozibadorligi va iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir qiladi," - deyiladi hukumatning 2 apreldagi bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, "Evropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" sammitida mintaqa davlatlari prezidentlari, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen, Yevropa Ittifoqi kengashi raisi Antonio Koshta va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi. Forum kun tartibidan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasida energetika, tabiiy resurslar, xalqaro Transkaspiy savdo yo‘lagi va mintaqaga investisiyalarni jalb qilish sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari o‘rin olgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Олимлар бундан радиация нафақат тирик мавжудотларни йўқ қилиши, балким уларнинг организмида кутилмаган эволюция жараёнларни қўзғатиши ҳам мумкин, деган хулосага келишмоқда.
Исроилнинг вахшиёна тажовузи яна қанча давом этади? Янги туғилган чақалоқларнинг тахминан 20 фоизи муддатидан олдин, кам вазнли ёки асоратлар билан туғилмоқда ва топиш қийин бўлган юқори даражадаги парваришга муҳтож бўлмоқда.
Ҳодиса оқибатида енгил машина ҳайдовчиси ва олд ўриндиғидаги йўловчи — ҳайдовчининг синфдоши бўлган бола оғир тан жароҳати олиб, шифохонага ётқизилган.
Буни тасаввур қилиш учун айтиш мумкинки, бу бино Ню-Ёркнинг осмонўпарлар ўрмонида ҳам ўзини йўқотмай, Empire State Building ва One World Trade Center томидан ҳам баланд кўтарилади.
Вазирлик томонидан қайд этилганидек, мамлакатда амалга оширилаётган бундай янгиликлар табиий компонентлар асосидаги юқори сифатли дори воситалари орқали биофармацевтика саноатини ривожлантириш имконини беради.
Шифокорларнинг саъй-ҳаракатларига қарамай, юз, бўйин, қўл, оёқ ва сон қисмларидан куйиш жароҳатларини олган икки бола ҳам вафот этди, дейилади хабарда.
Трампнинг йирик божлар жорий этиши жаҳон бозорларининг кескин пасайишига сабаб бўлди, деб хабар бермоқда Bloomberg. Дунёнинг энг бадавлат 500 кишиси бир кунда уларнинг бойлиги 208 миллиард долларга камайганини кўрди, ярмидан кўпи ўртача 3,3 фоизга камайган.