Ta’lim kreditlarini ajratish tartibini bilasizmi?

Ta’lim kreditlarini ajratish tartibini bilasizmi?

🔰 Kontrakt asosida o‘qishga kirganlar uchun ta’lim kreditlarini ajratish maqsadida Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etilgan.

(https://lex.uz/docs/5586538)🏦 Jamg‘arma kreditlarni tijorat banklari orqali ajratadi.

☑️ Kredit olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

👉 ariza;
👉 to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma (kontrakt);
👉 krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalar farzandlariga garov va kafillik talab etilmaydi);
👉 “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (reestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
👉 bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar.

⏳ Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

🗓 Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (14 %) ajratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!