Talabaning o‘qishini Andijon davlat universitetiga ko‘chirib berishni va’da qilgan inspektor ushlandi

Talabaning o‘qishini Andijon davlat universitetiga ko‘chirib berishni va’da qilgan inspektor ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Marhamat tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon davlat universitetining tijoratlashtirish bo‘limi inspektori X.B. fuqaro N.ning qarindoshining Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetidagi o‘qishini vakolatli tanishlari orqali universitetning “Mehnat” fakultetiga 2-bosqichdan ko‘chirib berish evaziga 3 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!