Tadbirkorlar faoliyatidagi tekshiruvlarga oid 2,9 mlrd so‘mlik 150 ta noqonuniy qaror bekor qilindi

Tadbirkorlar faoliyatidagi tekshiruvlarga oid 2,9 mlrd so‘mlik 150 ta noqonuniy qaror bekor qilindi

Bu haqda AOKA zalida Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni yetakchi inspektori Dilshod Nasriddinov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi: 
🔸«Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshirishlarda yo‘l quyilgan kamchiliklar uchun 202 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun sudlarga yuborilgan.

🔸Shuningdek, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatida tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartiblariga rioya etmaslik holatlari hamda ularga nisbatan asossiz qo‘llanilgan ta’sir choralari yuzasidan kiritilgan 44 ta taqdimnomaga asosan, ularning 190 nafar mansabdor xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi va 2,9 mlrd. so‘mlik 150 ta noqonuniy qaror bekor qilindi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!