Sud Xodorkovskiy va Lebedevning pullarini musodara etish haqida qaror chiqardi

Sud Xodorkovskiy va Lebedevning pullarini musodara etish haqida qaror chiqardi

Moskvaning Meshchanskiy tuman sudi «Trast» banki hisobvarag‘idan 986 million rubl va 1,8 million dollar (jami 1,4 milliard rubl) miqdoridagi mablag‘larni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqardi.

24 iyun, dushanba kuni Rossiya axborot agentliklari xabar berishicha, ular YUKOS va MENATEP guruhining sobiq rahbarlari Mixail Xodorkovskiy va Platon Lebedevga tegishlidir.

Shu tariqa, sud Rossiya Federasiyasi Bosh prokuraturasining Xodorkovskiy, Lebedev va «Sibirskaya lizingovaya kompaniya»ga nisbatan da’vosini qanoatlantirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!