Stul ko‘targan o‘quvchilar yuzasidan rasmiy malumot berildi

Stul ko‘targan o‘quvchilar yuzasidan rasmiy malumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zarbdor tumani MMTB tasarrufidagi 5-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarni dars jarayonida o‘qituvchi tomonidan stul ko‘tartirib jazolash holati aks etgan videoxabar tarqaldi.

Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan holatni o‘rganish maqsadida ishchi guruhi tuzilib holat o‘rganildi.

Jarayonda ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 22 aprel kuni 10.30 lar atrofida 1-A sinf o‘quvchilariga ingliz tili fan o‘qituvchisi tomonidan vazifalarni bajarmagan o‘quvchilarga jazo sifatida mazkur usul qo‘llangan.

O‘qituvchining mazkur harakatiga qonuniy jihatdan ko‘rilgan chora haqida o‘rganish ishlari yakuniga yetkazilganidan so‘ng ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!