"Ssilka" yuborish orqali fuqarolarning pullarini o‘zlashtirib kelgan 20 yoshli yigitcha qo‘lga olindi

"Ssilka" yuborish orqali fuqarolarning pullarini o‘zlashtirib kelgan 20 yoshli yigitcha qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida yashovchi 35 yoshli R.D. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 43.200.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahri, Yashnobod tumanida yashovchi 20 yoshli N.A. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan N.A. internet foydalanuvchilariga “Telegram” messenjeri orqali turli xil mazmunlardagi xabarlar (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!