Sport maktabi hijobni taqiqlagani uchun sudda javob beradi

Sport maktabi hijobni taqiqlagani uchun sudda javob beradi

Kanadadagi Kvebek shtatining Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi hijob kiygani uchun karate mashg‘ulotlaridan chetlashtirilgan 12 yoshli musulmon maktab o‘quvchisiga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun tovon undirish maqsadida sudga murojaat qildi.

Hodisa Monrealdagi karate maktabida sodir bo‘lgan. Murabbiy o‘quvchidan bosh kiyimini yechishni talab qilgan. Qiz yig‘lab zalni tark etgan.

Kanada karate federasiyasi yosh sportchini himoya qildi va sport markaziga karateda bosh kiyim kiyishga ruxsat berilganini ma’lum qildi.

Kanada Musulmon ayollar kengashi ham qizni himoya qilib, vaziyatni o‘smir ruhiyati uchun o‘ta shikastli deb atadi. «Men o‘n ikki yoshli qizni o‘zining sevimli sport turi bilan shug‘ullanishdan mahrum etilganini tasavvur qila olmayman. Odamlar o‘z huquqlarini himoya qilishlari kerak», dedi Kengash a’zosi Shohin Ashraf.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!