Sobiq bosh vazirning rafiqasi terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda

Sobiq bosh vazirning rafiqasi terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda

Chorshanba kuni Malayziya hukumati sobiq bosh vazir Najib Razakning rafiqasi Datin Seri Rosmah Mansorni hibsga olish haqida buyruq bergan. Bu haqda Malayziya OAVlariga tayanib SNN xabar tarqatdi. 

Rosmah korrupsiya, davlat pullarini noqonuniy o‘zlashtirish va terrorizmni moliyalashtirish kabi ayblar bilan hibsga olingan. 

“Rosmahning advokatlari Datuk K. Kumarendran va Datuk Gizan Ram jurnalistlarga bergan intervyusida ularning mijozi chorshanba kuni hibsga olingani va unga qarshi ayblovlar haqida tushuntirish berilmaganini aytishdi”, deya xabar beradi Malayziyaning “The Star“ gazetasi. 

Bundan tashqari, sobiq bosh vazir Najib Razak faoliyatida o‘z rahbarligida tashkil etilgan “1 Malaysia Development Berhad” davlat jamg‘armasini moliyalashtirish uchun 25 dan ortiq, millionlab dollarlik korrupsiya holatlari aniqlangan. 

Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha tergov jarayonlari davom etmoqda. 
 

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!