Nasistlar Jabaliya lageridagi Al-Auda kasalxonasi yaqinida portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan robotni portlatib yubordi
Bombalanayotgan G‘azo: 448-kunning asosiy voqealari.
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 448 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar G‘azo markazi, Zaytun va Shayx Radvan hududlari, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 45339 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Nasistlar Jabaliya lageridagi Al-Auda kasalxonasi yaqinida portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan robotni portlatib yuborishdi. Kasalxona direktori va 6 nafar tibbiyot xodimi yaralangan.
▪️O‘sha tunda fashistlar Kamol Advan kasalxonasi yaqinida portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan uchta robotni portlatib yuborishdi. Arxiv xonasi yonmoqda. Shu soatlarda ishg‘olchilar shifoxonani o‘rab olishdi va barchaga binoni tark etishni buyurdilar. Oxirgi 24 soat ichida Kamol Advanga tutash uylarning portlatilishi natijasida 50 kishi, jumladan 5 tibbiyot xodimi halok bo‘ldi.
▪️G‘azoda 72 soat ichida 4 nafar chaqaloq hipotermiya va shamollashdan vafot etdi.
▪️Al-Qassam brigadalari G‘azo shimolida bosqinchi mayorni yo‘q qildi, yana uch nafar bosqinchi og‘ir yaralandi.
▪️Yamanda bosqinchilarning hujumlari natijasida 6 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi yaralandi. Sano aeroportiga hujum uyushtirilgan vaqtda JSST rahbari BMT delegasiyasi bilan aeroport hududida bo‘lgan. JSST guruhi a’zolaridan biri jarohatlangan.
▪️Bosqinchilar Yamanni bombardimon qilganidan bir necha soat o‘tgach, Husiylar Tel-Avivga raketa uchirdilar. 18 ko‘chmanchi yaralangan.
▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Jenin, Baytlahm, Nablus, Al-Xalil, Qalkiliyaga bostirib kirishdi. 2 falastinlik halok bo‘ldi, 4 kishi yaralandi.
▪️BMT maxsus ma’ruzachisi Fransessa Albanese: G‘azoda genosid sodir bo‘lganda, qancha odam, ayniqsa G‘arbda tunda uxlashni uddalaydi.