Sirdaryoda 20 ming dollarlik qalbaki pullar yoqib yuborildi

Sirdaryoda 20 ming dollarlik qalbaki pullar yoqib yuborildi

2020 yilning 1 oktyabr kuni T.SH. o‘zining jinoiy sherigi K.X. hamda Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan “Hoji” ismli shaxs bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, Farg‘ona shahrida “Hoji”ning “Ja’far” ismli tanishidan 8 ming AQSh dollari evaziga jami 20 ming dollar miqdoridagi qalbaki pullarni sotib olgan. 

Majburiy ijro byurosi xabariga ko‘ra, ular Toshkent viloyatidan Sirdaryo viloyati tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi va DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Shirin shahar YPX postida ushlangan va 20 ming dollar miqdoridagi qalbaki pullar daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tuman sudi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Jinoyat kodeksining 25,176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan sudlangan K.X. va boshqalarning jinoyat ishi bo‘yicha daliliy ashyo sifatida olingan qalbaki 20 ming dollarni tegishli tartibda yo‘q qilish to‘g‘risida sud qaror chiqargan. 

Tuman MIB tomonidan bu vazifa joriy yilning 28 yanvar kuni amalga oshirildi, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!