Sirdaryo IESda quvvati 1,3 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushurildi

Sirdaryo IESda quvvati 1,3 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushurildi

Sirdaryo IESda quvvati 1,3 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushurildi

Mazkur stansiya yiliga qo‘shimcha 2,3 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi hamda 750 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi. Buning natijasida yoqilg‘i resurslari tejalib, atmosferaga zararli gazlarning chiqishini kamaytirish imkoni yaratiladi.

Ayni paytda quyosh fotoelektr sansiyasi quyosh radiasiyasiga qarab o‘rtacha 800 kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda.

Ushbu loyiha prezident tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish bo‘yicha berilgan qator topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!