Shuhrat G‘aniyev nega yakshanba kuni videoselektor o‘tkazdi?

Shuhrat G‘aniyev nega yakshanba kuni videoselektor o‘tkazdi?

Ijtimoiy tarmoqdagi telegram kanalda  2021 yilning 18 aprel ya’ni yakshanba kuni soat 18:00 da Bosh vazir o‘rinbosari SH.G‘aniyev rahbarligida qishloq ho‘jaligi masalalariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazilayotganligi ma’lum qilingan. 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq, ishdan tashqari ish vaqtida hamda dam olish kunlarida xodimlar ishga jalb qilinganda ularga mazkur tashkilotning jamoa shartnomasida belgilangan, lekin kamida ikki hissa miqdorida mehnat haqi to‘lanishi lozim.

Yohud ishdan tashqari ish vaqtida yoki dam olish kunida ishga jalb qilingan xodimlarga ish soatlariga mutanosib ravishda otgul (qo‘shimcha dam olish kuni) berilgan bo‘lsa, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorida mehnat haqi to‘lanadi.

Joriy yilning 18 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorda ishtirok etgan barcha tashkilot xodimlari o‘z mehnat vazifalariga kiradigan masalalar yuzasidan dam olish kunida ishga jalb qilingan.

Vazirlikning Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan xodimlarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash maqsadida tegishli hokimiyat, vazirlik va idoralarga dam olish kunida xodimlarni ishga jalb qilish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirish hamda tegishli to‘lovlarni amalga oshirish yuzasidan  ogoxlantirish xatlari berilgan.

Shu bilan birga, vazirlikning Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan hozirgi kunga qadar ishdan tashqari va dam olish kunlarida xodimlarni ishga jalb qilish yuzasidan 300 dan ortiq monitoringlar o‘tkazilgan bo‘lib, o‘rganishlar davomida qonunbuzilishlarni bartaraf etish maqsadida tashkilot va idoralarga 150 dan ortiq yozma ko‘rsatmalar kiritilgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!