Shols Putinning rejasini "bema’ni" deb atadi

Shols Putinning rejasini "bema’ni" deb atadi

G7 yetakchilari Italiyadagi sammitda Putinning “tinchlik rejasi”ni “jiddiy emasligi” tufayli muhokama qilishmadi.

Bu haqda Germaniya kansleri ma’lum qildi. Shols Putinning rejasini "bema’ni" deb atadi va rossiyalik siyosatchining kechagi bayonotlarini Shveysariyada tinchlik sammiti boshlanishi bilan bog‘ladi.

"Shu bilan birga, Putin o‘zini nima qiziqtirayotganini ham ko‘rsatdi: klassik imperialistik tarzda yerlarni egallab olish", — deya qo‘shimcha qildi Shols.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!