Shirinlik qutisi ichidan timsoh bolasi, iguana va 3 bosh ilon chiqdi

Shirinlik qutisi ichidan timsoh bolasi, iguana va 3 bosh ilon chiqdi

Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar timsoh bolasi, 3 bosh iguana hamda 3 bosh ilonni noqonuniy olib kirishga urinishni fosh qilishdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent xalqaro aeroportida 2022 yil 16 noyabr kuni bojxona xodimlari Misrdan uchib kelgan yo‘lovchilarni bojxona nazoratidan o‘tkazish davomida «yashil» yo‘lak orqali harakatlangan ayolning bezovtalanishi va shubhali xatti-harakatlariga e’tibor qaratgan.

Unga tegishli bagaj nazorat-rentgen uskunasi hamda endoskop orqali ko‘zdan kechirilganida, yuklar orasidagi 2 ta shirinlik qutisining ekranlardagi tasviri shubhalarni tasdiqladi. Qutilarda yovvoyi hayvonlar bor degan taxmin ilgari surildi.

Ko‘zdan kechirish jarayonida birinchi quti ichida og‘zi boylangan 1 bosh Nil timsohi bolasi va 3 bosh iguana, ikkinchi qutida esa to‘rsimon, yo‘lbars va xondra zotiga mansub 3 bosh piton bolasi borligi aniqlandi.

Jonivorlarni olib o‘tishga uringan shaxs esa buni birovning iltimosiga binoan ma’lum bir haq evaziga olib o‘tayotganini ma’lum qilgan.

Jami bahosi 77 mln so‘m ekani aytilayotgan jonivorlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!