Shimoliy Koreya AQShga yana bir jiddiy ayblov qo‘ydi

Shimoliy Koreya AQShga yana bir jiddiy ayblov qo‘ydi

Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Pak Myon Xo Qo‘shma Shtatlarni Tayvan bo‘g‘ozidagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi, deya xabar beradi Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA).

“So‘nggi kunlarda Qo‘shma Shtatlar Xitoy hududining ajralmas qismi bo‘lgan Tayvanni mustaqillikka chorlab, harbiy taranglikni kuchaytirmoqda. Faqat shu yil boshidan beri AQSh "navigasiya erkinligi" bahonasida har qanday vaqtda har xil maqsaddagi harbiy kemalarni Tayvan bo‘g‘oziga o‘tkazdi", - dedi KXDR rahbarining o‘rinbosari.

Park Myun Xoning aniqlik kiritishicha, yaqinda Qo‘shma Shtatlar hatto o‘z ittifoqchisining harbiy kemasini ishlatib, vaziyatni bosqichma-bosqich kuchaytirgan. Uning aytishicha, Tayvan masalasiga "beparvo aralashish" Koreya yarim orolidagi xavotirli vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.

Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Qo‘shma Shtatlar Tayvan bilan munosabatlarda o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etishini va XXR tahdidiga qarshi kurashishda yordam berishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Tayvan oldidagi majburiyati bo‘g‘ozda va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida tinchlik va barqarorlikni saqlash zarurati bilan bog‘liq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!