Shamollash mavsumi: Mutaxassis mavsumiy respirator kasalliklardan himoyalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi

Unutmaslik kerakki, O‘RVI – virusli kasallik. Shu bois, uni antibiotik bilan davolash mumkin emas. Afsuski, ko‘p hollarda ushbu xastalikka chalingan bemorlar o‘zboshimchalik bilan turli dori-darmonlarni shifokor reseptisiz qabul qiladi.