"UzAuto Motors" 8 ta yangi model chiqarmoqchi

A A A
"UzAuto Motors" 8 ta yangi model chiqarmoqchi

"UzAuto Motor" kompaniyasi yaqin kelajakda 8 ta yangi avtomobil modelini taqdim etishni rejalashtirmoqda va asosiy e’tibor SUV segmentini kengaytirishga qaratilgan. Yangi maqsadlarga doir ma’lumotni kompaniya ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida e’lon qildi.

Kompaniya bosh direktori Yanos Kovachning ma’lum qilishicha, hozirgi ishlab chiqarish quvvati bir yilda 550 ming avtomobilni tashkil qiladi va 2025 yilda eksport hajmi 23 ming birlikka yetgan. "UzAuto" yaqin vaqt ichida o‘z bozori geografiyasini kengaytirib, xususan, Mo‘g‘uliston va Gruziyagacha yetib borishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, kompaniya o‘zining eng ommabop modeli "Chevrolet Cobalt"ni zamonaviylashtirish va Xorazmda kichik savdo-mexanik avtomobillarni ishlab chiqarish ustida ish olib borayotganini ham ma’lum qildi.

“Shu vaqt davomida "Chevrolet Cobalt 2025" modeli ham yangilandi — interyerda yangi panel, rulda multimedia boshqaruv, muzlatilgan o‘rindiqlar va kruiz-kontrollar joriy etildi”, – deb qo‘shimcha qildi Yanos Kovach.

Mutasaddilar bozordagi shartlarga to‘xtalar ekan, 2025 yil birinchi yarmida kompaniyaning sof daromadi 27,5% ga — 1,91 trillion so‘mdan 1,38 trillion so‘mga, ichki bozordagi ulushi esa 90,2% dan 82,2% ga kamayganini qayd etishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2025 yil avgust oyida "Chevrolet Tahoe 2025 High Country" modeli taqdim etilgan; u 1,46 milliard so‘mdan boshlanadigan narxda 11 sentyabrdan sotuvga chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.