Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi

 Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 may kuni Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Suhbat avvalida ikki davlat rahbarlari fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar.

Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab sharoitda mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Aprel oyida Toshkent shahrida ilk bor Rossiyadan tashqarida keng miqyosda tashkil etilgan Xalqaro «Innoprom» ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani ta’kidlandi.

Muloqotda prezidentlar xalqaro kun tartibi hamda mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan MDH, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi sheriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!