Serbiya Putin tashrifini kutmoqda

Serbiya Putin tashrifini kutmoqda

Serbiya hukumati 2021 yil oxiriga qadar Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Belgradga tashrif buyurishini kutmoqda. Bu haqda Serbiya tashqi ishlar vaziri Nikola Selakovich xabar berdi.

U Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Grushko bilan ikki tomonlama muzokaralar natijasi bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida mazkur uchrashuv mamlakati uchun sharaf ekanini ta’kidlagan.

Selakovich Rossiyaga pandemiya paytida ko‘rsatgan yordami va Serbiyada Sputnik V vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, vazirliklarning ta’lim sohasidagi ishlari, mintaqaviy va xalqaro darajadagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Anjumanda, Aleksandr Grushko pandemiya orqaga chekinishi bilan hamkorlikni bosqichma-bosqich tiklashga umid bildirdi. U Rossiya prezidentining Belgradga tashrifi ehtimolini ham tasdiqlab o‘tgan.

Qolaversa, Grushko muzokaralar chog‘ida Rossiya va Serbiya hamkorligining iqtisodiy bo‘limidagi ishlar holatiga alohida e’tibor berilganini e’tirof etgan.

Rossiya Prezidentining Serbiyaga tashrifi o‘tgan yildan beri muhokama qilinmoqda. Avvalroq Vladimir Putin ushbu mamlakatga 2020 yil oktyabrda borishi va Avliyo Sava cherkovining ochilish marosimida ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. Binobarin, pandemiya tufayli tashrif bekor qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!