Sardor Umrzoqov: «Energota’minot bo‘yicha vaziyatni shu darajaga olib kelganlar suvdan quruq chiqib ketmaydi»

Sardor Umrzoqov: «Energota’minot bo‘yicha vaziyatni shu darajaga olib kelganlar suvdan quruq chiqib ketmaydi»

Prezident administrasiyasi rahbari Sardor Umrzoqov boshchiligida qishni betalofat o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Umrzoqov ko‘mir yetkazib berish ko‘rsatkichlari Ko‘kdala tumanida 20 foiz, Qarshi tumanida 38 foiz hamda Karmana tumanida 22 foizligicha qolayotganini bildirdi.

«Bizga kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, «O‘ztransgaz»ga qarashli kompressor stansiyalarida ham jiddiy kamchiliklar bor. Jami 37 ta agregatdan 21 tasi ta’mirtalab. Energetika vazirligi mutasaddilari barcha agregatlar zudlik bilan ishchi holatiga keltirishi zarur. Nosoz agregatlar boshqa qurilmalar zo‘riqish bilan ishlashiga olib keladi, texnik nosozliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi va iste’molchilarni barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlash imkonini yo‘qqa chiqaradi.

Hududlarda yo‘l qo‘yilgan cheklov va yuz bergan avariyalar oqibatida elektr energiyasining uzilishi aholining e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Vaziyatni bu darajaga olib kelganlar suvdan quruq chiqib ketmaydi. Ayrimlari hatto hozir shu yig‘ilishda oramizda o‘tiribdi.

Masalan, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona va Toshkent shahrida 1485 ta mahalla kunning ma’lum bir vaqtida elektr ta’minotisiz qolgan. Ulug‘bek Mustafayev (O‘zbekenergo AJ raisi) respublika hududlarida avariyalarni bartaraf qilish bo‘yicha brigadalar soni ko‘paytirish va avariyalarni to‘liq bartaraf etish choralarini ko‘rsin.

Ko‘mir yetkazib berish ko‘rsatkichlari Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala (20 foiz) va Qarshi (38 foiz) tumanlarida hamda Navoiy viloyatining Karmana tumanida (22 foiz) ancha past darajada qolmoqda» – deb ta’kidladi videoselektor chog‘ida Sardor Umrzoqov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!