Sanksiyalar fonida Rossiya Hindistonga ko‘mir va neft sotishni bir necha bor oshirdi

Sanksiyalar fonida Rossiya Hindistonga ko‘mir va neft sotishni bir necha bor oshirdi

Ukrainaga bostirib kirishi sababli keng ko‘lamli sanksiyalar qo‘yilganiga qaramay, Rossiya tashqi bozorlarga ko‘mir va neft yetkazib berish hajmini oshirmoqda. Xususan, so‘nggi haftalarda Hindiston tomonidan Rossiyadan ko‘mir va neft sotib olish keskin oshdi, deya xabar beradi Reuters. Treyderlar Rossiya ko‘miriga 30% gacha chegirmalar taklif qilishmoqda.

Evropalik importchilar Moskva bilan savdo qilishdan bosh tortgani sababli, hind xaridorlari transport xarajatlari yuqori bo‘lishiga qaramay, katta miqdorda rus ko‘mirini sotib olishmoqda.

Hindiston hukumati tomonidan oshkor qilinmagan ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘mir va unga tegishli mahsulotlarni xarid qilish 20 kun ichida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olti baravardan oshib, 331,17 million dollarga etdi.

Xuddi shunday, Hindiston neftni qayta ishlash zavodlari G‘arb davlatlari rad eta boshlagan arzonroq rus neftini sotib oldilar. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonning Rossiya bilan neft savdosi 20 kun ichida 31 baravardan oshib, 2,22 milliard dollarga yetgan.

"Rossiyalik treyderlar to‘lov usullariga erkin munosabatda bo‘lishdi va to‘lovlarni Hindiston rupisi va Birlashgan Arab Amirliklari dirhamlarida qabul qilishdi", deydi Reuters agentligiga manbalardan biri.

"Chegirmalar jozibador va Rossiya ko‘mirini sotib olishni oshirish tendensiyasi davom etadi", — deya qo‘shimcha qildi manba.

Hindiston so‘nggi uch hafta vaqt ichida kuniga o‘rtacha 16,55 million dollarga rus ko‘mirini sotib oldi, bu Rossiyaning 24 fevraldagi bosqinidan keyingi uch oy ichida sarflyagan 7,71 million dollardan ikki baravar ko‘p.

20 kunlik davrda neft xaridlari kuniga o‘rtacha 110,86 million dollarni tashkil etdi, bu 26 mayda yakunlangan uch oy ichida sarflangan 31,16 million dollardan uch baravar ko‘p.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (1 )

    L
    Togri qiladi