Samarqandda aholi uchun ajratilgan suyultirilgan gaz ballonlari talon-toroj qilindi

Samarqandda aholi uchun ajratilgan suyultirilgan gaz ballonlari talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati, Jomboy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Jomboytumangaz” filiali bo‘lim muhandisi G‘.I. va boshqalar, moddiy javobgarligida bo‘lgan 128,2 mln. so‘mlik 402 dona maishiy gaz ballonlarini hamda 101,4 mln. so‘mlik suyultirilgan gaz mahsulotlarini asossiz hisobdan chiqarib talon-toroj qilganliklari aniqlangan.   

Mazkur holat yuzasidan G‘.I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!