Samarqandda 22 yoshli kelin o‘zini 7-qavatdan tashlab vafot etdi

Samarqandda 22 yoshli kelin o‘zini 7-qavatdan tashlab vafot etdi

Samarqand viloyatida 22 yoshli kelin o‘zini 7-qavatdan tashlab vafot etdi. Bu haqda “Zamon” informasion dasturida ma’lum qilindi.

Xabarga ko‘ra, holat 20 mart kunning ikkinchi yarmida sodir bo‘lgan. 7-qavatdan asfalt ustiga tushgan ayol olgan tan jarohatlari sababli shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Aytilishicha, ayol bu mahallada yashamagan.

22 yoshli kelin asli Nurobod tumanidan bo‘lib, vaqtinchalik qaynopasining uyida 8 oylik farzandi bilan yashayotgan bo‘lgan. Marhuma oliy ta’lim muassasasida 3-kursda tahsil olayotgan bo‘lgan. Kursdoshlari u to‘ydan keyin o‘zgarganini aytib, lekin juda tartibli qiz bo‘lganini qayd etgan. Holat Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!