Samarqandda 16 yoshli bola Zarafshon daryosiga cho‘kib ketdi

Samarqandda 16 yoshli bola Zarafshon daryosiga cho‘kib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanida suvda cho‘kib ketgan bola haqida xabarlar tarqalgan.

Aniqlanishicha, 2022 yil 8 iyun kuni soat taxminan 12:00 larda, Urgut tumani “Raxmatobod” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosining chap qirg‘oq kanaliga shu mahallada yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan F.M. o‘g‘li o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketib, cho‘kib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish jarayonida mahallaning 65 nafar fuqarolari, tuman IIB xodimlari hamda tuman FVB mutaxassislar ishtirokida voyaga yetmagan F.M. suvga tushib cho‘kib ketgan joylar ko‘zdan kechirilgan va 16 iyun kuni soat 13:30 larda “Boybul” mahallasi hududidan o‘tgan “Jartepa” va “Panjikent” yo‘nalishini kesib o‘tuvchi “Yangi Darg‘om” kanalining o‘ng tomon qirg‘og‘idan voyaga yetmagan F.M.ning murdasi tan jarohatlarisiz topilgan.
O‘lim sababini aniqlash uchun sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan, biroq marhumning ota-onasi va yaqin qarindoshlari holat yuzasidan biron bir kishiga da’vo va e’tirozlari yo‘qligini va ekspertizadan o‘tkazishga norozi ekanligini bildirishgan.

Voyaga yetmagan F.M. o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida suvga tushib cho‘kib vafot etishi holatida biror-bir shaxsning harakati yoki harakatsizligida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli, Urgut tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!