Samarqand viloyati hokimi Turob Jo‘rayev jinoyatlarini viloyat prokuraturasi yashirib kelgan

Samarqand viloyati hokimi Turob Jo‘rayev jinoyatlarini viloyat prokuraturasi yashirib kelgan
Samarqand viloyati sobiq hokimi Turob Jo‘rayevning juda katta miqdordagi pora bilan qo‘lga tushganligi ko‘pchilik O‘zbekistonliklar uchun yangilik sifatida qabul qilingan bo‘lsada, uning kirdikorlaridan viloyatdagi ko‘pchilik tadbirkor va amaldorlar avvaldan xabardor ekanligi yuzasidan ma’lumotlar bor.
Turob Jo‘rayev Viloyat arxitektura boshqarmasi faoliyatiga asossiz aralalish va viloyat hokimligining vakolatiga kirmaydigan faoliyatni amalga oshirish maqsadida 16.10.2017 yilda №614-sonli «arxitektura-kengashi faoliyatini tashkil etish» - to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi.
Qabul qilingan qarorga asosan Samarqand viloyatidagi har qanday qurilish Viloyat hokimligi ishchi guruhi tomonidan tasdiqlangan taqdirdagina amalga oshirish belgilanadi. Bunday «qaror» faqat Samarqand viloyatida amalda edi. Natijada, boshqa viloyatlarda sakkiz ish kunida ko‘rib chiqilayongan ruxsatnomalar Samarqandda porasiz umuman berilmas edi. Samarqand viloyati Bosh arxitektorining rasmiy ma’lumotiga asosan 2018 yil mart oyi boshida viloyatda 29 varaqdan iborat 305ta qurilish loyihalari yig‘ilib qoladi:
Sobiq viloyat hokimining harakatlaridan norozi tadbirkorlardan Turob Jo‘rayevning noqonuniy qarorini bekor qilish bo‘yicha Samarqand viloyat prokuraturasiga o‘nlab arizalar kela boshlaydi. Afsuski, Viloyat prokuraturasi amaldorlari, sobiq hokim qarorini bekor qilish vakolatiga ega bo‘lsa-da, ushbu qarorni bekor qilish o‘rniga uning «qonuniy» ekanligini bildiradi va shikoyatlar asossiz inkor qilib kelinadi.
Qonun ustuvorligi ta’minlanmaganligi sababli Turob Jo‘rayevning poraxo‘rlik darajasi keskin tus oladi. Viloyat prokuraturasining sobiq hokim qarorining qonuniyligi bo‘yicha bergan javob xatlardan misol keltiramiz:
 
Oxir-oqibat ushbu noroziliklar yuzasidan xabarlar Toshkentgacha yetib boradi va joriy yilning iyul oyida Turob Jurayev katta miqdordagi pora olayotgan paytda qo‘lga olinadi. Hozirda unga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etayotganligi aytilmoqda. Amaldor pora bilan qo‘lga olinganidan so‘nggina sobiq hokimning №614-sonli qarori Bosh prokuraturaning 10.5/17-18-856-sonli protestiga asosan bekor qilindi:
Yuqoridagi faktlarni inobatga olib Samarqand viloyat prokuraturasidagi aybdor amaldorlarning ham javobgarlikka tortilishini so‘rab Bosh prokuraturaga murojaat etamiz. Viloyatda korrupsiya holatlarining keskinlashib ketganligi va hattoki, ko‘pgina tarixiy binolarning ham pora evaziga buzilishiga olib kelgan sobiq hokim qarorini «qonuniy» deb topilganligi prezident siyosatiga qarshi sabotajning o‘zidir.
Manba: sof.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!