Saloh: «Dunyo yetakchilari, begunoh insonlarning o‘ldirilishiga qarshi birlashingiz!»

Saloh: «Dunyo yetakchilari, begunoh insonlarning o‘ldirilishiga qarshi birlashingiz!»

Misrlik futbolchi Muhammad Saloh G‘azo sektorida ro‘y berayotgan voqealarga o‘z munosabatini bildirdi.

"Bunday paytda gapirish hamisha ham oson emas. Haddan tashqari zo‘ravonlik, haddan tashqari qalbni larzaga keltiradigan vahshiylik. So‘nggi haftada zo‘ravonlikning kengayishi — toqat qilib bo‘lmas manzara. Qon to‘kilishiga barham berish kerak. Axir oilalar parokanda bo‘lib ketyapti.

Hozir bitta narsa aniq: G‘azo sektoriga gumanitar yordamning yetkazilishiga zudlik bilan ruxsat berish kerak. U yerda odamlar achinarli ahvolda. Shifoxonaga berilgan raketa zarbasi esa — shunchaki dahshat. G‘azo aholisi oziq-ovqat, suv va tibbiy mahsulotlarga muhtoj. Men dunyo yetakchilaridan begunoh insonlarning o‘ldirilishiga qarshi birlashishini so‘rayman. Insoniylik tantana qilishi kerak", - dedi misrlik futbolchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!