Rosturizm: Turkiyada MIR kartalaridan foydalanish muammosiga yechimlar ishlab chiqilmoqda

Rosturizm: Turkiyada MIR kartalaridan foydalanish muammosiga yechimlar ishlab chiqilmoqda

Rossiyaning MIR to‘lov tizimi kartalaridan Turkiyada foydalanish muammosini hal qilishning mumkin bo‘lgan yo‘llari ishlab chiqilmoqda.

Bu haqda Federal turizm agentligi rahbari Zarina Doguzova ma’lum qildi.

“Xorijiy hamkorlar MIR kartalarini o‘z infratuzilmasida qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risida o‘zlari qaror qabul qilishadi. Hozir muammoning mumkin bo‘lgan yechimlari ishlab chiqilmoqda”, — deb yozdi u Telegramda .

Avvalroq Bloomberg agentligi Turkiyada uchta davlat banki Rossiyaning MIR to‘lov tizimidan foydalanishni to‘xtatishga qaror qilgani haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!